"Real" Edegorni qanchaga sotadi?

  • 2 avgust, 2021, 17:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi va Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Martin Edegor “qaymoqranglilar” safini shu yozdayoq tark etishi mumkin.

Tecno

ABC nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “qirollik klubi” 22 yoshli futbolchini transferga qo‘ygan va unga 50 million evro narx belgilagan.

Yuqoridagi manbaga qaraganda, Martin uchun asosiy da’vogar "Arsenal" hisoblanadi, ammo londonliklar hozircha bu borada “Real”ga rasmiy taklif yuborishmagan.

Edegor o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini aynan "kanonirlar" safida ijarada o‘tkazgan va jami 20 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!