“Real” Enco Fernandez transferiga ikki yulduzini qo‘shadi

  • 27.06.2026 09:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres “Chelsi” yetakchi yarim himoyachisi Enzo Fernandez transferining 120 million evrolik qiymatini pasaytirish uchun bitimga o‘z futbolchilarini ham qo‘shish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqida Defensa Central xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Qirollik klubi” himoyachi Alvaro Karreras va yarim himoyachi Eduardo Kamavingani transferning bir qismi sifatida taklif qilishi kutilyapti.

Shuningdek, “Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso Karrerasni jamoaga olib kelishga rozi bo‘lishi mumkin. Chunki u “Real”da ishlagan paytida aynan shu futbolchining transferini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Qayd etilishicha, “Real” muzokaralarsiz Enzo Fernandez uchun 120 million evro to‘lash niyatida emas. Klub argentinalik yarim himoyachining transfer narxini imkoniy boricha pasaytirishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!