"Real" Entso uchun 80 million berishga tayyor

  • 5 dekabr, 2022, 22:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" o‘z tarkibini iste’dodli yarim himoyachi bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, madridliklar Argentina milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Entso Fernandesning xizmatiga qiziqish bildiryapti. Klub asosiy nishoni - Jud Bellingemni qo‘lga kirita olmagan taqdirda, Entso variantiga jiddiy kirishadi.

"Qaymoqranglilar" rahbariyati argentinalik futbolchi uchun 80 million evro to‘lashga tayyor. Fernandesning "Benfika" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

21 yoshli yarim himoyachi "albiseleste" libosida Jahon chempionatida 4 bellashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1 tadan gol hamda assistni yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!