
"Real" Ernandesni "Napoli"ga sotib yuborishga tayyor
Mavsumni “Real Sosedad” safida ijara asosida o‘tkazayotgan himoyachi Teo Ernandes “Real”ga qaytmaydi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 21 yoshli frantsiyalik futbolchini jamoaga qaytishini rejalashtirishmayapti va unga qiziqish bildirayotgan “Napoli”ning taklifini ko‘rib chiqmoqchi. Madridliklar Ernandesni neapolliklarga 30 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Ernandesni 2017 yil “Atletik”dan 26 mln evro evaziga sotib olgan edi.
Fikrlar