
"Real" "Espanol" hujumchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
"Real" yozgi transferlar oynasida yangi hujumchi sotib olishni rejalashtirgan. Madridliklar radariga "Espanol" futbolchisi Xoselu ham tushdi, deya xabar bermoqda "Relevo" nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, straykerning transferi deyarli hal bo‘lgan. Uning jamoasi La Liga bilan xayrlashdi. Shu sababli, 33 yoshli ispan o‘ziga yangi klub qidirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xoselu ushbu mavsum "Espanol" tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi.
"Real" Xoseludan tashqari Roberto Firminoga ham qiziqmoqda. U "Liverpul"ni yozda tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan. Shunigdek, braziliyalik hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalar orasida "Barsa" ham bor.
Fikrlar