"Real" etakchisi terma jamoada rekord o‘rnatdi

  • 28 mart, 2021, 16:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasi tarkibida rekord o‘rnatdi.

Tecno

35 yoshli futbolchi Jachon Chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan Kiprga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi va to‘liq harakat qildi. Bellashuv xorvatlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, Luka o‘z hisobidagi o‘yinlari sonini 135 taga etkazib olgan holda, Dario Srnaning ko‘rsatkichini ortda qoldirdi. Modrich milliy terma jamoasi safida 2006 yilda debyut qilgan va o‘shandan beri 16 bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

2018 yilda bo‘lib o‘tgan Jachon Chempionatida Modrich etakchiligidagi Xorvatiya terma jamoasi finalga qadar etib kelgan va hal qiluvchi uchrashuvda Frantsiyaga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!