“Real” fanatlari Mbappedan alamini oldi!
Kilian Mbappe istiqomat qilayotgan Parijning eng nufuzli stadioni “Stad de Frans”da o‘tkazilgan Chempionlar ligasida “Real” muxlislari frantsiyalik hujumchiga qarshi kuyladi, deb xabar tarqatdi Marca narshi.
Manbaning ta’kidlashicha, muxlislar “Mbappe, chempionni tabrikla!”, “Kilian kim? Kilian mening qo‘shnim”, “ Mbappe hech qachon Chempionlar ligasida g‘olib chiqmaydi va biz endi uni yaxshi ko‘rmaymiz!”, deb baralla kuyladi.
Madridlik muxlislarning o‘zini bunday tutishiga “Real”ga kelishi uzoq muddat kutilgan Mbappening oxirida Parijda qolishga ko‘ngani sabab bo‘ldi.
Mbappening o‘zi kelajakda “Real”ga o‘tishi mumkinligi va Chempionlar ligasi finalida madridliklarga muxlislik qilishini ta’kidlagan edi.

Fikrlar