
“Real”: Futbolchi kerakmi, pulini to‘lang!
“Real” rahbariyati ijaradan qaytgan Martin Edegorga yangi narx belgiladi. Bu futbolchi 2015 yili Madrid klubiga transfer qilinganidan beri asosiy tarkibga kira olmay, boshqa jamoalarda ijarada yuribdi.
U shu paytga qadar “Xerenven”, “Vittes”, “Real Sosedad” va “Arsenal” sharafini himoya qildi, “Real”da bor yo‘g‘i 11 marotaba maydonga tushdi.
“Qirolli klubi”ning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham avvalgi murabbiy Zinedin Zidan kabi norvegiyalik pleymeykerga ishonch bildirmasligini ma’lum qildi.
Endi klub uni sotib yuborishi kerak. Madridliklar 22 yoshli o‘yinchini 50 million evroga baholamoqda. Bundan tashqari, “Real” uni qayta sotib olish imkoniyatini ham shartnomada aks ettirmoqchi.
Edegorning “Real” bilan shartnomasi yana ikki yil amal qiladi.
Fikrlar