"Real" futbolchilari ham rozi bo‘lishdi
“Real” Madrid klubining futbol jamoasi ham, basketbol jamoasi murabbiy va futbolchilari joriy 2019/20 yilgi mavsum oxirigacha maoshlarining qisqartirilishiga rozi bo‘lishdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, “qirollik klubi” futbolchi va murabbiylari mavsumning qolgan qismida odatdagidan 10-20% kamroq maosh olishadi. Ammo, klubning boshqa xodimlari maoshi o‘zgarmaydi.
“Real” La Liganing 27 turidan so‘ng peshqadam “Barselona”dan 2 ochko kam jamg‘argan holda 2-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar