"Real" futbolchilarning maoshini kamaytirish evaziga qancha mablag‘ tejab qoladi?
"Real" Madrid klubi koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan zararning bir qismini qoplash maqsadida futbolchi va murabbiylar maoshlarini kamaytirishga qaror qilgan edi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “qirollik klubi” bu orqali 28 milliondan 56 million evrogacha bo‘lgan mablag‘ni tejab qolishi mumkin. Aytish kerakki, “Real” bir yilda maoshlarga 283 mln evro sarflaydi.
Agar, homiylar shartnoma shartlarining bajarilmagan qismi uchun o‘z pullarini qaytarilishini talab qilishsa, u holda “Real”ning jami ko‘rgan zarari 150 mln evroga etadi.

Fikrlar