"Real" futbolchisi 72 yillik rekordni takrorladi
"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem 1952 yilda amalga oshirilgan rekordni takrorladi.
Madrid Universal xabar berishicha, angliyalik futbolchi la Ligada hujumchi bo‘lmay turib, ketma-ket 6 ta gol urdi. Bunday natijani yana bir "qirollik klubi" futbolchisi Roke Olsen 72 yil oldin qayd eta olgan.
Joriy mavsumda 21 yoshli hujumkor yarim himoyachi barcha musobaqalarda 24 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar