“Real” futbolchisi Anchelottidan norozi

  • 4 sentabr, 2024, 10:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qirollik klubi”ning yosh yulduzi Arda Gyuler jamoadagi holatdan norozi ekanini bildirmoqda.

Tecno

Turk futbolchisi debyut mavsumida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganidan keyin yozda boshqa klubga o‘tishga uringan edi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti yangi chempionatda Arda ko‘proq maydonga tushishini va’da qilgan.

Biroq Jud Bellingem  va Dani Sebalosning jarohat olganiga qaramay, Arda Gyulerga o‘zi istaganicha vaqt berilayotgani yo‘q. Anchelotti uni Dani Sebalos “Betis”ga qarshi bahsda jarohat olganidan keyin ham o‘yinga qo‘shmadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Real”da bu masalaga echim yo‘q. Klub rahbariyati va futbolchining agentlari Ardani sabr qilishga chaqirmoqda.

Yangi mavsumda uch marotaba maydonga tushgan turkiyalik yarim himoyachi jami 98 daqiqa harakat qildi xolos

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!