"Real" futbolchisi faoliyatini La Liganing boshqa klubida davom ettirishi mumkin

  • 07.01.2026 12:14
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Betis" joriy transfer oynasida "Real" yarim himoyachisi Dani Sebalyosni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

"Fichajes" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, madridliklar futbolchini qo‘yib yuborishni unchalik xohlashmayapti. Ammo boshqa klublardan taklif kelsa ko‘rib chiqishga ham qarshi emas. Sebalyosning o‘zi ko‘proq o‘yini amaliyotiga ega bo‘lishni xohlamoqda va "Real" dan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. "Betis"dagilar esa ushbu futbolchini jamoaga mos kelishiga ishonishmoqda. 

29 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 8 million evroni tashkil etadi. 

Ma’lumot uchun, Dani joriy mavsum Alonso qo‘l ostida 15 ta uchrashuvda maydonda harakat qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!