“Real” futbolchisi “Liverpul” taklifini rad etdi. U “Milan”ga o‘tmoqchi

  • 22 iyun, 2022, 18:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Marko Asensio yozda “qaymoqranglilar” safini tark etishi mumkin. “Sport.es” nashri xabariga ko‘ra, u A seriya klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

26 yoshli futbolchiga "Liverpul" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Qizillar” bosh murabbiyi Yurgen Kloppga ispaniyalik vingerning o‘yinlari ma’qul kelgan. Ammo, Marko APLdan ko‘ra "Milan"ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Sababi, uning “rossonerilar” asosiy tarkibdan joy olish ehtimoli yuqori. Italiya klubi ham uni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.

“Real” Asensioni 2015 yilning iyul oyida o‘z safiga qo‘shib olgandi. 2021/22-yilgi mavsumda futbolchi “qirollik klubi” bilan 42 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 gol va 2 assistni yozdirib qo‘ygan.

Yarim himoyachining madridliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!