“Real” futbolchisi Neymar bilan to‘p suradi

  • 5 avgust, 2020, 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Agar futbol agenti Jorje Mendeshning rejasi amalga oshsa, “Real”da o‘z o‘rnini topa olmagan Xames Rodriges PSJda Neymar va Mbappe bilan birga to‘p suradi.

Mendesh kolumbiyalik hujumkor futbolchi xizmatlarini Frantsiya chempioniga taklif qildi. Buning uchun parijliklar 35 million evrodan voz kechishi kerak.

Ayni paytda bu futbolchiga Angliya klublaridan qiziqish bo‘layotganiga qaramay, ish aniq takliflargacha etib bormayapti. Xamesning Madrid klubi bilan shartnomasi bir yildan so‘ng yakunlanishini hisobga olib, klublar uning transferi uchun xarajat qilishni istamayapti.  

Xames Rodriges yakunlangan mavsumda atigi 8 ta uchrashuvda o‘ynadi va bitta gol urdi xolos.

orig_485298

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!