"Real" futbolchisi Olimpiadadan so‘ng boshqa jamoaga ketadi

  • 5 avgust, 2021, 17:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi va Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisi Takefusa Kubo katta ehtimol bilan yangi mavsumni ham ijarada o‘tkazadi.

20 yoshli futbolchini "Real Sosedad" ijaraga olmoqchi. Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda, san-sebastyanliklar Kubo uchun qolgan da’vogarlar orasida favorit ekani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kubo ayni damda Yaponiya olimpiya terma jamoasi safida Tokio-2020 o‘yinlarida ishtirok etmoqda.

Kubo o‘tgan mavsumlarni "Vilyarreal" va "Xetafe" klublarida ijarada o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!