"Real" futbolchisini "Chelsi"ga bermoqchi emas

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" yozda himoyachi Eder Militaoni qo‘yib yubormoqchi emas, deya yozmoqda "Calciomercato" nashri.

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi uchun asosiy da’vogar Londonning "Chelsi" klubi bo‘lib turibdi. "Qirollik klubi" rahbariyati Militao va Alaba tandemidan qoniqmoqda. Ederning "qaymoranglilar" bilan amaldagi bitimi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. 

Ma’lumot uchun, braziliyalik fullbek joriy mavsum La Ligada 23ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!