"Real" futborlchilari Neymarning jamoaga kelishiga ijobiy qarashmoqda

  • 17 mart, 2018, 15:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi futbolchilari jamoaga PSJ hujumchisi Neymarning kelishiga ijobiy qarashmoqda.

Tecno

Marca nashrining yozishicha braziliyalik futbolchining “Barselona” safida “Real”ga qarshi o‘tmishda ko‘rsatgan o‘yinlari va uning maydondagi xatti-harakatlari “qirollik klubi” futbolchilari uchun muammo emas. Ularning fikricha Neymar “Real” uchun ajoyib yangilik bo‘ladi.

Biroq, madridliklar rahbariyati futbolchini qo‘lga kiritish juda ham mushkul ish ekanligini his qilishmoqda, lekin shunday bo‘lsada uning yaqinlari bilan ushbu masalada muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Neymar PSJ safiga o‘tgan yoz “Barselona”dan 222 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!