“Real”: Gvardiola shogirdini bermasa, boshqa zo‘r o‘yinchi topib qo‘ydik

  • 23 sentabr, 2024, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yozda faoliyatini yakunlagan Toni Kroos o‘rnini bosa oladigan o‘yinchiga ehtiyoj sezmoqda. Madridliklar  maydon markazini kuchaytirish uchun “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri Ernandesni nishonga olgan edi.

Tecno

Xosep Gvardiola jamoa o‘yini muhim o‘rin tutadigan shogirdini qo‘yib yubormoqchi emas. Ayni paytda “shaharliklar” hali shartnomasi uch yil davom etadigan ispan futbolchisiga yangi bitim berib, maoshini sezilarli darajada ko‘taradigan bo‘ldi.

Rodrining o‘zi Madrid ona shahri ekanini aytib, Ispaniyaga qaytishga moyillik ham bildirgan. Shunga qaramay, “Qirollik klubi” bu pozitsiyaga yana bir qimmatbaho o‘yinchini topib qo‘ydi.

Agar Rodri transferi o‘xshamasa, “Real” Ispaniya chempionatida “Real Sosedad” sharafini himoya qilayotgan Martin Subamendini olib kelmoqchi. 25 yoshli futbolchi yozda “Liverpul” taklifini rad etib, Ispaniyada qolishni ma’qul ko‘rgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!