
“Real” Gvardiolaning kuchli shogirdiga ko‘z tikyapti
“Real” tarkibini kuchaytirish borasida ish olib bormoqda. Hozir jamoada o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynayotgan Dani Karvaxal ko‘p jarohat olyapti. Klub uning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchini “Manchester Siti”dan topdi.
Madridliklar Xosep Gvardiola shogirdi Joau Konseluni yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Mutaxassislar bu transfer osonlikcha amalga oshmasligini ta’kidlamoqda.
Chunki portugaliyalik himoyachi murabbiylar shtabining ishonchini qozongan asosiy figuralardan hisobladi. U klub bilan 2027 yilning yozigcha davom etadigan shartnomaga ega.
Agar “Manchester Siti” uni “Real”ga qo‘yib yuborishga ko‘nsa, madridliklar bu transfer uchun 70 million evrodan ortiq to‘lov qilishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar