
"Real" haqida serial suratga olindi
Amazon Prime Video kompaniya "Real" Madrid klubi haqida hujjatli serialini suratga oldi. Serial "Madrid La Leyenda Blanca" deb nomlanadi va 11 fevraldan efirga uzatiladi.
U har biri 45 daqiqadan iborat 6 ta qismdan iborat bo‘lib, “qirollik klubi” haqida hikoya qiladi.
Serialda Florentino Peres, Marselo, Luka Modrich, Dani Karvaxal, Lukas Vaskes, Emilio Butrageno, Iker Kasilyas, Predrag Miyatovich, Alexandro Sans, Alvaro Arbeloa, Misa Rodriges va boshqalar ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 3 fevral kuni "Real" Ispaniya kubogi 1/4 finalida "Atletik" bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 01:30da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar