"Real" himoyachisi uchun mavsum yakunlandi

  • 11.05.2019 00:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Regilon jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 22 yoshli futbolchi oyoq barmoqlarini shikastlab olgan. Shu sabab u jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra u endi bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.

Ma’lumot uchun, Regilon joriy mavsum “Real” safida 22ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta golga assistentlik qilishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Serxio Regilon yozda “qirollik klubi”dan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!