"Real" himoyachisi yozda "Sevilya"ga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 05.05.2020 19:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi himoyachisi Alvaro Odriosola faoliyatini "Sevilya"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Estadio Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, andalusiyaliklar o‘zlarining asosiy tarkiblarini kuchaytirish uchun ushbu transferni amalga oshirishmoqchi. O‘z navbatida “qirollik klubi” ham Zinedin Zidanning rejalariga kirmaydigan ushbu futbolchini sotib yuborishga tayyor. Uning transferi esa 16 mln evroga baholanmoqda.

Odriosola joriy mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazmoqda. U myunxenliklar safiga qishki transferlar davrida ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan davr mobaynida Alvaro bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!