“Real” hujumchisi o‘zini Italiyaga olib ketishni so‘rayapti

  • 29.09.2022 22:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bir necha mavsumlardan beri “Real” asosiy tarkibiga kira olmayotgan Mariano Dias nihoyat poytaxt jamoasiga kerak emasligini tushinib etdi.

Dominikanlik hujumchining madridliklar bilan shartnomasi kelasi yoz yakunalanadi. Mariano hozirdan o‘ziga ish qidiryapti. Uning agentlari “Inter” va “Milan” klublariga murojaat qilib, futbolchi yozda erkin agentga aylanganidan keyin A Seriyaga ko‘chib o‘tishga tayyor ekanini bildirgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, Italiya grandlari o‘z salohiyatini to‘la ocholmagan o‘yinchining xizmatlarini rad etgan.

Endi Diasning agentlari kelasi mavsum oldidan o‘z mijozlariga boshqa jamoa topib berishlariga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!