
"Real" ijaradagi darvozabonini nega qaytarib olmoqchi?
Madridning "Real" klubi "Valyadolid"ga ijaraga bergan darvozaboni Andrey Luninni yana qaytarib olishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” ukrainalik posbon uchun doimiy o‘yin amaliyoti beradigan yangi jamoa topmoqchi.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli Lunin bu mavsum “Valyadolid” safida birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar