"Real" ikki barobar arzonroq variantni topdi!

  • 03.03.2023 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Selta" yarim himoyachi Gabriel Veyga La Liganing grand klubiga o‘tishi mumkin.

Sport.es nashriga ma’lum bo‘lishicha, 20 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. "Qaymoqranglilar" rahbariyati uni Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Jud Bellingemga muqobil sifatida ko‘rmoqda.

Veyganing transferi madridliklarga angliyalik yarim himoyachining kelishuvidan ancha arzonga tushadi. Gabrielning tovon puli 40 million evroni tashkil qiladi, Bellingemga esa kamida ikki barobar ko‘proq pul to‘lashi kerak.

Veyga joriy mavsum “Selta” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!