"Real" Iskodan hech qanaqasiga qutula olmayapti

  • 27 dekabr, 2021, 17:05
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Madridning "Real" klubi qishki transferlar oynasida yarim himoyachi Iskoni qo‘yib yuborishga tayyor. 

Karlo Anchelotti 29 yoshli pleymeykerga etarlicha o‘yin amaliyoti bermayapti. "ABC" nashrining ma’lum qilishicha, "qirollik klubi" uni tekinga qo‘yib yuborishga tayyorligiga qaramay, birorta ham taklif olmagan. 

Futbolchining o‘zi ham hech qaysi klub unga 6.5 million evro maosh to‘lay olmasligini tushunib etgan. Shu tufayli, u boshqa klubga o‘tishni tezlashtirmoqchi emas. Ayni vaqtda Isko Madrid klubidan yiliga shuncha pul oladi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik yarim himoyachi ushbu mavsum umumiy 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!