“Real” jamoa o‘yinini o‘zgartiradigan futbolchi olyapti

  • 18 sentabr, 2024, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yozda hujumkor futbolchilar – Kilian Mbappe va Endrikni qo‘lga kiritganiga qaramay, boshqa pozitsiyalarda muammolarga duch kelmoqda.

Tecno

Ayniqsa, Toni Kroos faoliyatini yakunlagani madridliklarning maydon markazini raqiblarga boy berayotganiga asosiy sabab bo‘lmoqda. “Real”ga ustunlikni ta’minlab beradigan kreativ yarim himoyachilar etishmayapti.

“Qirollik klubi” mutasaddilari bu pozitsiyasiga munosib nomzod topdi. Ispaniyaning sport.es sayti madridliklarga PSJ vakili  Fabian Ruisning o‘yini ma’qul kelganini yozdi.

“Real” rahbarlarida Ruisning Evropa chempionatida namoyish qilgan o‘yini katta taassurot qoldirgan.

Qolaversa, Karlo Anchelotti “Napoli”ni boshqargan davrda 28 yoshli ispan yarim himoyachisi uning qo‘l  ostida o‘ynagan. PSJ futbolchining uch yillik shartnomasi bo‘lishiga qaramay, u bilan xayrlashishga tayyorligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!