
"Real" "Jirona" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
"Real" yozgi transfer rejalarini tuzib chiqmoqda. Klubning asosiy maqsadlaridan biri bu o‘ng qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolashdir. Ushbu pozitsiya bo‘yicha variantlar tuzib chiqilyapti.
"Marca" nashri xabar berishicha, madridliklar "Jirona" futbolchisi Yan Koutoni kuzatib boryapti. "City Group"ga tegishli bo‘lgan himoyachi kataloniyaliklar safida ijara asosida to‘p surmoqda. Uning transfer huquqi esa "Manchester Siti"ga qarashli va fulbekning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Kouto bir necha kun oldin "Real" sevimli klubi ekanligini, Ronaldu kumiri bo‘lganini aytgandi. Shuningdek, braziliyalik "qaymoqranglilar" ro‘yxatida favorit bo‘lib turibdi.
Yan ushbu mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda. U "Jirona" tarkibida 24 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, 2 ta gol urib, 7 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar