"Real" Kamavingani qo‘yib yubormoqchi emas. Sababi, u...

  • 21 yanvar, 2023, 15:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi yarim himoyachi Eduardo Kamavingani sotishni rejalashtirmayapti. Jamoa unga kelayotgan har qanday taklifni rad etadi. 

"Arsenal" avvalroq Kamavingani ijaraga olish bo‘yicha taklif yuborishi haqida xabarlar chiqqandi. Biroq "qirollik klubi" Eduardo borasida o‘z pozitsiyasini ma’lum qildi va uning jamoada qolishini e’lon qildi. Rahbariyat futbolchini kelajagi porloq ekaniga ishonmoqda.

Joriy mavsum frantsuz La Liganing 16 o‘yinida bitta gol urib, 2 ta sariq kartochka ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!