
"Real" katta chegirma qilmoqchi
"Real" yangi mavsum boshigacha Xames Rodrigesni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
Madridliklar bilan shartnomasi keyingi yil yozida yakuniga etadigan futbolchi uchun "Real" xaridorlar izlash ishlarini kuchaytirmoqchi.
Oldinroq, "qaymoqranglilar" kolumbiyalik futbolchini 50 million evroga baholayotgani xabar qilingan edi, biroq endi ular ushbu summani yarmiga ham rozi bo‘lishmoqchi.
Xames xizmatlariga "Everton", "Vulverxempton" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda xavbek La Ligada sakkiz o‘yinda maydonga tushib, bitta gol kiritgan.
Fikrlar