"Real" kecha "Real Sosedad"ga qarshi o‘yinni boshqargan hakam ustidan shikoyat qilmoqchi

  • 7 yanvar, 2019, 13:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi kecha La Liganing 18-turida "Real Sosedad"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin yuzasidan hakamlar ustidan shikoyat qilmoqchi.

Tecno

Marca nashrining yozishicha “qirollik klubi” rahbariyati kechagi o‘yinni boshqarib borgan hakam Xose Munuero Monteroning  xatti-harakatlaridan norozi bo‘lmoqda va bu borada Ispaniya futbol federatsiyasiga arz qilmoqchi.

Madridliklar Vinisius Juniorga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng ham hakamning penalti bermaganiga hayron bo‘lishgan. Chunki, hakam o‘sha paytda VAR tizimidan foydalanib, vaziyatni qayta baholashi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” ayni damda musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!