“Real” kelasi yoz tekinga oladigan yulduzlar ro‘yxatini tuzib qo‘ydi

  • 12 avgust, 12:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati transfer siyosatida yangi usulni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. “Qirollik klubi” qimmatbaho futbolchilarni shartnomasi tugashi bilan erkin agent sifatida o‘z safiga bepul qo‘shib olishni yo‘lga qo‘ydi.

Tecno

Xususan, bu yoz madridliklar “Liverpul”dan Trent Aleksander-Arnoldni xuddi shu usulda transfer qildi. Biroq klublar o‘rtasidagi jahon chempionati munosabati bilan angliyalik himoyachini muddatidan biroz oldin olgani uchun kam miqdorda pul to‘lashga to‘g‘ri keldi.

Defensa Central nashrining yozishicha, “Real” mutasaddilari hozirdan kelasi yoz shartnomasi tugaydigan kuchli futbolchilar ro‘yxatini shakllantirib qo‘ydi. Madridliklar nishoniga “Bavariya” markaziy himoyachisi Deotshankyul Yupamekano, “Arsenal” qanot himoyachisi Yurrien Timber, “Liverpul”ning etakchi himoyachisi Ibrohim Konate tushgan.

Bu o‘yinchilarning barchasi 2026 yilning 30 iyunida erkin agentga aylanadi. Madridliklar esa, ular bilan hozirdan kelishib olishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!