"Real" ketma-ket 27 yildan buyon EChLda o‘ynab kelmoqda

  • 14 may, 2023, 12:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishini kafolatladi.

Tecno

34-turda “Xetafe”ni mag‘lub etgan (1:0) Karlo Anchelotti jamoasi 71 ochko jamg‘ardi. "Qirollik klubi" yakuniga 4 tur qolganida beshinchi o‘rindagi “Vilyarreal”dan 14 ochko oldinda.

Madridliklar oxirgi marta 1996/97 yilgi mavsumda Chempionlar ligasini o‘tkazib yuborgandi. Ushbu turnirdagi 27 mavsumdan iborat seriya Evropadagi eng yaxshisidir. Ikkinchi o‘rinda ketma-ket 20 marta Chempionlar ligasi guruh bosqichida o‘ynaydigan "Barselona" joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!