“Real” Kloppni murabbiylik kursisiga qaytaradi

  • 9 sentabr, 2024, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” rahbariyati Saudiya Arabistoniga ketishni rejalashtirayotgan Karlo Anchelotti o‘rniga ikki nomzod topib qo‘ydi.

Madridliklar anchadan beri jamoani Xabi Alonso boshqarishini istamoqda. Biroq bu mutaxassisning “Bayer” bilan shartnomasi bor.

“Qirollik klubi” mutaxassislar har ehtimolga qarshi yana bir murabbiy bilan kelishib qo‘yishni ma’qul ko‘rmoqda.

Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar ayni paytda futboldan uzoqlashgan Yurgen Kloppni yana murabbiylik kursisiga qaytarmoqchi. Germaniyalik mutaxassis “Liverpul”dagi uzoq yillik faoliyatidan keyin ta’tilga chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!