"Real" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alaba qozonsa, futbolchilarga qancha mukofot berishi ma’lum bo‘ldi!
AS nashrining xabariga ko‘ra, "Real MAdrid" klubi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchgan taqdirda har bir futbolchiga 1 million evrodan mukofot puli to‘lashni tasdiqlagan.
Ushbu mukofot miqdori Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganda ham futbolchilarga to‘lanadigan summaga teng.
Agar "Real" bo‘lajak turnirdagi barcha uchrashuvlarda zafar quchib, sovrinni qo‘lga kiritsa, klub 140 million evroga yaqin daromad olishi mumkin. Chempionlar ligasida to‘liq g‘alaba esa 100 million evro atrofida mablag‘ keltiradi.
Shuningdek, FIFA tomonidan kafolatlangan pul mukofotlariga qo‘shimcha ravishda televidenie translyatsiyalari huquqlari va boshqa xizmatlardan ham tushum bo‘ladi.
2025 yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 15 iyundan 13 iyulgacha AQShda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar