"Real": La Liga raqiblarga qurol olib, bizni otishga ruhsat berishi qoldi xolos
Madridning «Real» klubi derbida «Atletiko»ga qarshi o‘yinda hakamlar brigadasi ishidan qattiq norozilik bildirdi. Mehmon sifatida maydonga tushgan «Qirollik klubi» raqibga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvdan so‘ng «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo matbuot vakillari oldiga bir nechta suratlar bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu tasvirlar hakam Migel Ortis tomonidan yo‘l qo‘yilgan ikki qo‘pol xatoni aniq ko‘rsatib turadi. Suratlarda «Atletiko» futbolchilari tomonidan qoidalar qo‘pol ravishda buzilgan vaziyatlar aks etgan bo‘lib, Mourinyo bu epizodlarda raqib o‘yinchilari maydondan chetlatilishi kerak edi, deb hisoblaydi.
«Real»ning klub telekanalida ham hakamlik sifati keskin tanqid ostiga olindi.
- Endi faqat La Liga «Real» raqiblariga bizga qarshi maydonga qurol bilan chiqishga ham ruxsat berishi qoldi, shekilli, – deyiladi telekanal syujeti matnida.
Mag‘lubiyatdan so‘ng «Real» Ispaniya chempionati jadvalida to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi.

Fikrlar