"Real" La Ligada bu natijaga erishgan ilk jamoa

  • 4 yanvar, 11:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Madridning "Real" klubi La Ligada 5000 ochko to‘plash marrasiga erishdi.  

Karlo Anchelotti jamoasi "Valensiya"ga qarshi o‘yinda kambek amalga oshirishdi. "Qaymoqranglilar" 85-daqiqagacha hisobda ortda borishdi, 78-daqiqada esa Vinisius Juniorning maydondan chetlatilishi sabab, bir kishi kam bo‘lib qolishdi. G‘alabani Luka Modrich va Jud Bellingemning aniq zarbalari bilan qo‘lga kiritishdi.  

Juma kungi g‘alaba "Real"ga Ispaniya chempionatida 5000 ochko to‘plab, tarixiy natija qayt etishdi. Endilikda, Madrid grandining hisobida 5002 ochko bor. Bu eng yaxshi natija. Ikkinchi o‘rinda borayotgan "Barselona" umumiy hisobda 4887 ochkoga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!