"Real Madrid" belgilayik futbolchiga qiziqish bildirmoqda
Madridning "Real" klubi "Ayaks" yarim himoyachisi Rayan Bunidani sotib olmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, "qirollik klubi" Bunidaning o‘yinlarini jiddiy kuzatib bormoqda. Futbolchi hali Amsterdam klubining asosiy tarkibiga mustahkam o‘rnashib ulgurmagan, ammo allaqachon "qirollik klubi" skautlari e’tiboriga tushgan. Ma’lum bo‘lishicha "Real" hujum ortida va ikki qanotni ham yopishga qodir bo‘lgan belgilayik futbolchini sotib olishni istamoqda. Rayaning transfer narxi 1,5 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, xavbek joriy mavsumda umumiy 13ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar