"Real Madrid" Chempionlar ligasida yubiley bahsini o‘tkazdi

  • 5 mart, 13:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha EChLda nimchorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. "Real" "Santyago Bernabeu"da hamshahari "Atletiko" bilan bellashdi va qiyin g‘alabaga erishdi. (2:1)

Bu jamoaning Chempionlar ligasidagi 500 yubiley o‘yini sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi. Bu uchrashuvlarda jamoa quyidagicha statistika qayd etgan: 302 g‘alaba, 85 durang va 113 mag‘lubiyat.

Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" hamda "Real" o‘rtasidagi javob bahsi 12 dan 13 martga o‘tar kechasi 01:00 da "Vanda Metropolitano" o‘yingohida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!