"Real Madrid" Mbappega o‘rinbosar topdi
Madridning "Real" klubi "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovichga qiziqish bildirmoqda. "Qaymoqranglilar" serbiyalik forvardni Mbappega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
"Fichajes" nashri xabar berishicha, "Real"dagilar Kilianga hozir haddan tashqari ko‘p yuklama tushayotganini ta’kidlamoqda. Zaxira o‘rindiqda frantsiyalik futbolchiga munosib o‘rinbosar yo‘qligi sababli, madridliklar Vlaxovichga e’tibor qaratmoqda. Lekin "qirollik klubi" hali futbolchini agentlariga aloqa chiqmagan.
25 yoshli forvardni hozirda transfer bozoridagi narxi 35 millioni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Dushan joriy mavsum "Yuventus" safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.a



Fikrlar