"Real Madrid" yarim himoyachisi bugungi o‘yinni jarohat sabab o‘tkazib yuboradi

  • 24.04.2026 17:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Orelien Tchuameni Ispaniya chempionati doirasida "Betis"ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Jurnalist Serxio Kirantening ma'lum qilishicha, fransuz futbolchisi chap oyoq boldir mushagidagi zo‘riqish sabab maydonga tushmaydi. Shu bois, u bugungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Ma'lumot o‘rnida, bugungi "Betis" — "Real" bahsi 00:00'da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, Tchuameni joriy 2025/26 mavsumda barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!