"Real Madrid"ning ikki muhim futbolchisi finalda ishtirok eta oladimi?

  • 10.01.2025 17:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid"ning ikki etakchisi Jud Bellingem va Federiko Valverde finalda ishtirok etadi. 
 
Ispaniya Superkubogidan o‘rin olgan bahsda "Real Madrid" "Malorka" ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv davomida Bellingem va Valverde mushaklaridan jarohat olib, maydonni tark etishgan edi. To‘qnashuvdan so‘ng ikki yarim himoyachining "Barselona"ga qarshi maydonga tushishi so‘roq ostida ekanligini "qaymoranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham rasman tasdiqladi. 
 
"The Atletic" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Jud va Federiko biroz dam olgandan so‘ng finalda qatnasha oladi. Manbaning ma’lum qilishicha, ularning jarohati kutilganidek jiddiy emas. 
 
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" va "ko‘k-anorranglilar" klublari o‘rtasidagi kurash 12 yanvar kuni soat 00:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!