“Real” mag‘lubiyatga sababchi bo‘lgan Kamavingadan voz kechdi
Yevropa Chempionlar ligasida “Bavariya”dan mag‘lubiyatga uchraganidan keyin “Real” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.
Myunxendagi uchrashuvda qizil kartochka olib, mag‘lubiyatga sababchi bo‘lgan Eduardo Kamavinga o‘ziga boshqa jamoa topishiga to‘g‘ri keladi.
El Mundo nashrining xabar berishicha, “Qirollik klubi” Myunxendagi o‘yindan keyin fransiyalik yarim himoyachini transferga qo‘ygan.
Manbaning ta’kidlashicha, bu qaror faqat qizil kartochka bilan bog‘liq emas. Kamavinganing mavsum davomidagi o‘yini va harakatlariga ham yetarlicha e’tiroz bor. Mutasaddilar futbolchining xatolari tufayli uni nazoratga olgan.
Bu holat klubni 23 yoshli futbolchini sotuvga qo‘yishga undagan. Shuningdek, “Real” uni sotish orqali yangi transferlar uchun katta mablag‘ ishlab topish mumkin deb hisoblamoqda.

Fikrlar