“Real”: Mashhur futbolchi ketadi

  • 18.05.2026 18:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi himoyachisi Dani Karvaxal jamoani tark etadi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

34 yoshli futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2026 yil yozida yakuniga yetadi va u erkin agent maqomida boshqa klubga ketish huquqiga ega bo‘ladi.

- “Real” Dani Karvaxal va uning oilasiga hayotining yangi bosqichida barcha ezgu tilaklarni tilaydi, - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

Karvaxal “Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Jamoaning hozirgi sardori 2013 yil yozidan beri asosiy tarkibda uzluksiz o‘ynab kelmoqda.

Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 22 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Umuman olganda, Karvaxal “Real” safida 450 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!