“Real” Mbappe bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi

  • 2 dekabr, 2022, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yozda Kilian Mbappe “Real”ni umidvor qilib, amalda PSJni tanlaganidan keyin “Qirollik klubi” rahbariyati frantsiyalik futbolchiga jamoa eshiklari butunlay yopilganini ta’kidlagandi.

Tecno

The Athletic nashrining ta’kidlashicha,  Ispaniya chempioni Mbappega nisbatan siyosatini o‘zgartirgan. “Real” yaqin kelajakda Kilian bilan hamkorlik qilishga qarshi emas va mutasaddilar hujumchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.

Mbappe PSJ bilan uch yillik shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, o‘z holatidan norozi va Parijdan ketish yo‘llarini qidirmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 23 yoshli hujumchi yozda o‘ziga yangi jamoa tanlashni rejala qilayotgan ekan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!