
“Real”: Mbappe ko‘nmasa, boshqa yulduz keladi!
“Real” rahbariyati PSJ hujumchi Kilian Mbappeni qo‘lga kirita olmagan taqdirda uning o‘rniga olinadigan futbolchi borasida bir qarorga keldi.
“Qirollik klubi” yozgi transferlar vaqtida asosiy nishon sifatida frantsiyalik to‘purarni belgilagan va uni olib kelish yo‘llarini qidirmoqda. Biroq bu oson bo‘lmaydi. Chunki Kilianning transferi o‘ta qimmat bo‘lish bilan birga , uning maoshi ham shunga yarasha bo‘ladi.
Agar madridliklar Mbappeni qo‘lga kirita olmasa, o‘rniga “Liverpul” to‘purari Muhammad Salohni olishni rejalashtiryapti. Misrlik futbolchi anchadan beri bosh murabbiy Yurgen Klopp bilan chiqisha olmay yuribdi va o‘zi ham bir necha marta “Real”da to‘p surish istagi borligini aytgan.
Muhammad Salohning liverpulliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yarmigacha tuzilgan. Biroq, uning transferi Mbappenikidan ancha arzon va oson.
Fikrlar