
“Real” Mbappe o‘rniga boshqa to‘purarni oladi
“Real” yozgi transferlar vaqtida faqatgina Kilian Mbappega bog‘lanib qolmoqchi emas. Frantsiyalik hujumchi qaror qabul qilishga ikkilanmoqda. U PSJda qolishi ham mumkin.
Shu bois, madridliklar e’tiborini Harri Keyn nomzodiga qaratdi. Angliyalik hujumchi anchadan beri “Tottenxem”dan ketmoqchi bo‘lib yuribdi.
Uning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi. Keyn uni uzaytirmoqchi emas. Agar voqealar rivoji shu taqlid davom etsa, “shporlar” rahbariyati kelasi yili hujumchining narxi tushib ketmasligi uchun mavsum yakunlanishi bilan sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Madridliklar yana bir nishon – Erling Xoland transferidan ham xavotirda. Norvegiyalik hujumchi keyingi paytda juda ko‘p jarohat olayotgani qimmatbaho o‘yinchining xaridorlarini cho‘chitmoqda.
Fikrlar