"Real" Mbappe va Xolandni xarid qilish uchun "Yangi Ronaldu"ni sotishi mumkin

  • 16 mart, 2021, 17:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" anchadan beri jahon futbolining yosh yulduzlari Mbappe hamda Xolandni sotib olish uchun harakat qilmoqda. "Daily Mail" nashrining yozishicha, madridliklar ushbu transferni amalga oshirish uchun ijaradagi yarim himoyachisi Martin Edegorni "Arsenal"ga sotishi mumkin.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, londonliklar murabbiyi Mikel Arteta ham norvegiyalik futbolchini klubda olib qolish niyatida. Barchasi "kanonirlar"ning moliyaviy holatiga bog‘liq. Agar ular futbolchi transferini to‘liq rasmiylashtirmasa, Edegor mavsum so‘ngida Madridga qaytadi.

22 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum APLda 7 o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U qishki transfer oynasida "Arsenal" safiga kelib qo‘shilgan edi.

Ma’lumot uchun, Edegor "Qirollik klubi" libosini ilk bor kiygan paytda, uni "yangi Ronaldu", deb atashgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!