
“Real” Mbappeni olishdan oldin uning muammolarini yaxshi bilgan ekan...
PSJdagi faoliyatini yakunlaganidan keyin yozda erkin agent sifatida “Real”ga ko‘chib o‘tgan Kilian Mbappe Madrid superklubidagi o‘yini sifati borasida tanqid va bosimlarga duch kelmoqda.
Relevo nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi”dagi 25 yoshli futbolchi o‘yinida doimiy pasayish ketayotganini oldindan bilgan. Shunga qaramay, madridliklar Mbappeni jamoaga qo‘shib olgan.
Ekspertlar tomonidan tayyorlangan hisobotlarda Kilian Mbappe 2018 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi o‘yinchilaridan biri sifatida e’tirof etilganidan keyin uning barcha ko‘rsatkichlarida pasayish kuzatilgan. Bu holat hamon davom etmoqda.
Manbaga ko‘ra, tadqiqotlar Mbappeda o‘yin davomida bosib o‘tiladigan masofa miqdori, intensiv harakatlar va tezlik doimiy tarzda pasayib kelmoqda.
“Real” rahbariyati Kilian Mbappe bu holatdan chiqib ketishiga va yana avvalgidek yuqori sport formasiga qayta olishiga ishongan holda, frantsiyalik to‘purarni olish imkoniyatidan foydalanib qolgani aytilyapti.
Fikrlar
Yeb quydi perez bobo